+998-73-529-58-01, +998-73-529-58-13 info@buvaydatib.uz

BESH MUHIM TASHABBUS


Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘z ichiga oladi. Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

BIRINCHI TASHABBUS-Yoshlarni musiqa, adabiyot, teatr, rassomlik va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘z ichiga oladi.

    Buvayda tibbiyot kollejida Yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqishiga xizmat qiluvchi ko‘plab tadbir va uchrashuvlar tashkillanmoqda.

“Go‘zallik dunyoni bezar” shiori ostida ko‘rik tanlov o‘tkazildi. Tanlovda o‘quvchilarimiz o‘zlarining sartaroshlik yo‘nalishi bo‘yicha iste’doni namoyish qildilar.

O‘quvchilarning kitobga mexrini va qiziqishini oshirish, yoshlarning intellektual saloxiyatini, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish maqsadida “Kitobxonlik” bellashuvi o‘tkazildi. Bellashuvda kitobni sevib o‘quvchi o‘quvchilarimiz o‘zlari sevib o‘qigan asar qaxramonlari to‘g‘risida tengdoshlari bilan fikr almashdilar.

1-Oktyabr’ “Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan “Ustoz onangdek mexribon-otangdek g‘amxo‘r” nomli tadbir tashkillandi. Tadbirda iste’dodli va tashkilotchi o‘quvchilarimiz ishtirokida ustozlarni madx etuvchi qo‘shiq va raqslar namoyish qildilar.

21-Oktyabr’ “O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Ona tilim jonu dilim” tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirga “Buvayda go‘zgusi” gazetasi muxbirlari tashrif buyurdilar va ona tilimizning qanchalik boy til ekanligi to‘g‘risida o‘quvchilarga tushunchalar berdi.

14-yanvar “Vatan ximoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. O‘quvchilar tomonidan turli xil saxna ko‘rinishlari namoyish etildi.

9- fevral A.Navoiy tavalludi munosabati bilan   “G‘azalxonlik” kechasi bo‘lib o‘tdi. Kechada Navoiy bobomiz ijodi o‘rganildi. G‘azal va ruboiylar o‘quvchilar tomonidan o‘qib eshittirldi.

14- fevral Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludi munosabati bilan  tadbir o‘tkazildi. O‘quvchilar tomonidan go‘zal saxna ko‘rinishlari va bir biridan ta’sirli g‘azal va ruboiylar o‘qib eshittirldi.

SHe’riyatga qiziquvchi  va Zulfiyaxonimning ijodini sevuvchi o‘quvchilar ishtirokda “Zamonamizning zabardast shoirasi” shiori ostida tadbir tashkillandi. Sevimli shoiramizning she’rlari, xayoti va ijodi o‘quvchilar tomonida tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi.

9- may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira muqadas- xotira  aziz” deb nomlangan tadbir tashkil qilindi.Tadbirda o‘quvchilarimiz tomonidan shu dargoxda dars berib o‘tgan ustozlarimiz yodga olinib, ular xaqida iliq fikrlar aytib o‘tildi.

12-May “Xalqaro xamshiralar kuni”ga bag‘ishlangan  kurik tanlov va tadbir tashkillandi.Ushbu ko‘rik tanlovda o‘quvchilarimiz o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bellashdilar. G‘olib o‘quvchilarga sovg‘alar taqdim etildi.

1-dekabr “Butun jaxon OITS” ga qarshi kurashish kuni munosabati bilan bilimdon o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Guruxlar kesimida “Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida devoriy gazetalar ko‘rik- tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda rassomchilikka qobiliyati bor o‘quvchilar o‘z maxoratlarini ko‘rsatdilar. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Keksalarni qadrlash kuni munosabati bilan kollejda tadbir tashkil etildi. Tadbirga ta’lim soxasida o‘z mexnati singan faxriy ustozlar taklif qilindi. Ularga o‘quvchilar tomonidan go‘zal raqslar, saxna ko‘rinishlari xavola etildi. Bayram so‘ngida mexmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

11- oktyabr “Xalqaro qizlar” kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qizlarimizni va ayollarimizni jamiyatdagi o‘rni va qadri qanchalik muxim ekanligi xaqida barchaga tushunchalar berildi.

IKKINCHI TASHABBUS-Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport soxasida qobilyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan.

UCHINCHI TASHABBUS-Axoli va yoshlar o’rtasida kampyuter texnalogiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

TO’RTINCHI TASHABBUS-YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISH, ULAR O’RTASIDA KITOBXONLIKNI KENG TARG’IB QILISH BO’YICHA TIZIMLI ISHLARNI TASHKIL ETISHGA YO’NALTIRILGAN.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini o‘z ichiga oladi. To‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

SHu munosabat bilan Buvayda tibbiyot kolleji kutubxonasida xam bir qator ishlar amalga oshirildi.      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 12 yanvardagi 4789  sonli “Kitob maxsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob -mutolaasini va kitobxonlik madaniyatini oshirish xamda targ‘ib qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi  farmoyishi xamda  2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob maxsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasini va kitobxonlik madaniyatini oshirish xamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori  kollej va axoli  o‘rtasida targ‘ib qilindi va shu datur bo‘yicha ish reja tuzilib quyidagi ishlar amalga oshirldi.Tumanimizda ijod qilib kelayotgan shoira Xabiba Ziyatovaning yangi “SHukrona ”nomli kitobini  targ‘iboti axoli, barcha o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazildi. SHoira bilan bo‘lgan bu uchrashuvda o‘quvchilarga o‘z xayoti va xozirgi kundagi ijodi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. SHe’riy to‘plamida jamlangan she’rlarini shoira nimalardan to‘lqinlanib, zavq bilan yaratilganligi xaqida so‘zlab berdilar.

O‘quvchilar o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan savollar bilan  shoiraga murojaat qilishdi va o‘z savollariga etarlicha javoblar olishdi. Tadbir so‘ngida shoira o‘zining ijodidagi eng yoqtirgan sha’rini o‘quvchilarga o‘qib taqdim etdi. O‘quvchilar xam shoira qalamiga mansub bo‘lgan bir qator she’rlarni aytib, shoirani xushnud etishdi.

Zulfiyaxonim  tavalludin  munosabati bilan kitobxolar bellashuvi o‘tkazildi. Bunda kollejning eng faol kitobxonlarida “Gulshan” va “Nafosat” nomli ikkita jamoa tuzildi va bellashdilar. 17, 28, 31, 33 guruxning eng faol kitobxonlari bellashuvda ishtirok etishdi. 4 shartdan iborat bellashuvda “Nafosat” jamoasi g‘olib deb topildi. Eng qiziqarli shart “Zulfiya she’rlaridan aytishuv” sharti barchaga birdek ilxom bag‘ishladi.

SHoira Zulfiya (Isroilova) “Sadoqat va vafo kuychisi” nomli kitob ko‘rgazma chiqarildi.

A.Navoiy tavvalludiyilligi munosabati bilan “SHoirlar sultoniga extirom” mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi.
A.Navoiy va Z.M.Bobur tavvaludiga bag‘ishlab “Ma’naviyatimizning xayotbaxsh sarchashmalari” mavzusida adabiy she’riy kecha tashkil etildi.
“Muxabbat va nafosat kuychisiga extirom” Zulfiya Isroilova tavvaludiga  kitob ko‘rgazma tashkil qilindi
“Baxor keldi seni so‘roqlab” mavzusida badiiy kecha o‘tkazildi.
“Xalqimiz doxosining buyuk timsoli” Amur Temur tavalludi munosabati bilan kitob ko‘rgazma tashkil qilidi.
“A.Temur jaxon tarixida” mavzusida suxbat o‘tkazildi.
“YUrakka ko‘milar asil shoirlar” Muxammad YUsuf tavalludi munosabati bilan uning xayoti va ijodi xaqida suxbat o‘tkazildi.
O‘zbek xalq dostoni “Go‘ro‘g‘ili” dostoni xaqida o‘quvchilar bilan birgalik da suxbat o‘tkazilidi.
8-mart Xalqaro xotin qizlar bayramiga bag‘ishlab “Ayol borki, olam munavvar,ayol borki,xayot maftunkor” mavzusida ko‘rgazma tashkil qilindi.
“Ayol bu-dunyo beshigi”mavzusida suxbat o‘tkazildi.
“Navro‘z-tinchlik va totuvlik bayrami”kitob ko‘rgazma tashkil etildi.
“Nafosat va go‘zallik bayrami-Navro‘z” mavzusida adabiy badiiy kecha o‘tkazildi
9-May “Xotira va qadirlash kuni”ga “Xotira aziz, qadri-muqaddas” kitob ko‘rgazma tashkil etildi.
G‘.G‘ulom xayoti va ijodi to‘g‘risida suxbat o‘tkazildi.Prezident asarlarini targ‘ib qilindi
31-may “Xalqaro kashandalikka kurashish kuni” kitob ko‘rgazma tashkil qilidi.
CHustiy xayoti va ijodi xamda asarlari xaqida o‘quvchilar o‘rtasida davra suxbat o‘tkazildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun”ga suxbat o‘tkazildi
“Durlar ichra- durdona Vatan”mavzusida suxbat o‘tkazish
Mustaqilligimizning 31 yilligiga “YAngi O‘bekistonda el, aziz inson azizi”! mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi.
“Dunyoda bo‘lmasa muallimagar, xayot xam bo‘lmasdi go‘zal bu qadar”mavzusida suxbat o‘tkazildi
21-oktyabr Davlat tiliga maqom berilgan kun munomabati bilan “Til tafakkur ko‘zgusi” mavzusida suxbat o‘tkazildi
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan “Kasbim mening faxrim mening” nomli ko‘rgazma chiqarildi xamda tadir o‘tkazildi.
18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i tashkil etilgan kun munosabati bilan “Bayrog‘imiz milliy iftixorimiz”mavzusida suxbai o‘tkazildi
1-dekatr” OITS siz kelajak sari”mavzusida suxbat o‘tkazildi
3-dekabr Nogironlar kuni munosabati bilan “Mexir bilan ko‘ngil obod”mavzusida suxbat o‘tkazildi
“Konstitutsiya –milliy iftixorimiz” mavzusida ko‘rgazma tashkil kilindi
“Konstitutsich- baxtimiz qomusi”mavzusida suxbat o‘tkazildi
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Voxidovni tavalludi munosabati bilan “Xalqimiz fidoyi farzandi mavzusida”suxbat o‘tkazildi.

«Kitobxonlik madaniyatini oshirish»

       Ma’naviyat va ma’rifat ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Har ikkisining ham xazinasi, kaliti-kitob! Agar kitob bo‘lmasa, na bugungi taraqqiyot, na tafakkur, na farovon hayot bo‘lar edi. SHu m’noda har qanday jamiyat bahosini kitobga bo‘lgan munosabatdan bilib olish mumkin. Binobarin, yozilgan kitoblarga qarab millat qudratini ham his etamiz.

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muxim tashabbus ilgari surilgan, ushbu tashabbusning to‘rtinchi tashabbusi «YOshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.», shu munosabati bilan  o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib  qilish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirilishini takidlab o‘tdi.  YUrtboshimiz mutolaa madaniyatiga  keng  yo‘l ochib berdi. Uni davlat siyosati darajasiga ko‘tardi. Bu borada qabul qilingan qator xujjatlar ijrosi tufayli ilm va ziyo maskanlarimiz xazinasi boyib bormoqda! Prezidentimizning  besh tashabbusi doirasida joylarda qilingan ishlar xam ayni shu maqsadlar ro‘yobiga keng yo‘l ochmoqda. Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi sharoitida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga va xalqaro amaliyotga mos bo‘lishi zarur. SHu munosabat bilan fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo‘yicha konstitutsiyaviy xuquqlarni, shu jumladan, milliy qadriyatlarni va jaxon madaniyati,amaliy va fundamental bilimlaridan bahramand bo‘lishni ta’minlaydigan aholiga axborot-kutubxona xizmatlrini ko‘rsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etish hisobiga axborot-kutubxona muasassalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish ustivor vazifaga aylanmoqda.

     Kitob… SHu birgina so‘z zamirida olam-olam, ulkan ma’no borki, uni ta’rifu-tavsif etishga so‘zlar durdonasi ojizdir. Kitob taraqqiyot omili, bilimlar majmuasi, ma’naviyat xazinasi, ajdodlarni avlodlarga , o‘tmishni kelajakka bog‘lovchi mustaxkam rishta, eng muximi odamzotni ezgulikka chorlab turuvchi  mayoq,yo‘lchi yulduzdir.Uning xar bir varog‘idan xikmat, donolik va donishmandlik ila ilm-ma’rifat nuri yog‘iladi.

    Kitobga oshno, qalban unga xamrox inson xech qachon bir yoqlama, kalta fikrlamaydi,xayotni to‘laqonli tushunadi, dilkash, samimiy, dunyoqarasht keng, muloxazasi o‘tkir, so‘zi keskir bo‘ladi.Biroq, nadomatlarkim, kitobni xamma xam birdek sevavermaydi. Tarozining bir pallasiga kitob mutolaa qiluvchilar, ikkinchi pallasiga esa kitob o‘qimaydiganlar toifasini qo‘ysak, qaysi palla ko‘proq tosh bosishi barchamizga kundek ravshan. Afsuski, kitobni qo‘liga olsa, mudroq bosib uyqusi keladigan, unga xuddi keraksiz matoxdek loqayd munosabatda bo‘ladigan, qalbi misoli jonsiz temirdek zanglab ketgan xis-tuyg‘usiz, fikri sayoz odamlar xam borki, ularning maroq bilan kitob o‘qib,zavqlanish baxtidan bebaxra ekanligidan achinasan kishi.

    Taniqli adibimiz A.Qodiriy “O‘tgan kunlar” romanini yakunlayotib, bosh qaxramon ayol, nazokatli, suluv Kumushbibini “tuproqqa topshirib” qo‘ygach o‘kirib yig‘lab yuborgan ekan. Mexribon rafiqasining “Sizga nima bo‘ldi?”,- degan xayrotomuz savoliga, “Kumush, Kumushimni o‘ldirib qo‘ydim” , deya javob bergan ekan adib.

    Kitob insonga yolg‘iz qolganda xamrox, yaqin do‘st, ibrat na’muna maktabidir. U kishilarni qaboxat, razolat va jaxolatdan asraydi, ongli, tartibli yashashga, yaxshilikka o‘rgatadi.

   Kitob insoniyat tomonidan yaratilgan ilk ma’naviy kashfiyotdir. SHu boisdan, ushbu taraqqiyot mevasiga barcha zamonlardan xam o‘zgacha extiyoj sezilgan.

BESHINCHI TASHABBUS-XOTIN QIZLARNI ISH BILAN TA’MINLASH MASALALARINI NAZARDA TUTADI.