+998-73-529-58-01, +998-73-529-58-13 info@buvaydatib.uz

Bugun 02.12.2023 kuni texnikum direktori Nodirjon Jumaboyev O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilinganligining 31 yilligiga bag’ishlab,  »Konstitutsiya-baxtimiz qomusi» shiori ostida texnikum o’quvchilariga davra suhbati o’tkazdi. Davra suhbatida Konstitutsiyaviy islohotlar mohiyati, ularning zarurati,
xalq konstitutsiyasi tushunchasi hamda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati haqida so’z yuritildi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.