+998-73-529-58-01, +998-73-529-58-13 info@buvaydatib.uz

Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida xalqaro bag’rikenglik kuniga bag‘ishlangan tadbir

2024-yil 15-noyabr kuni Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Viloyat hokimligining 2024-yil 7-noyabr kungi №07-19/2460-sonli topshiriq xatiga asosan “16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i va texnikumning o‘qituvchilari boshchiligida Hamshiralik ishi yoʻnalishi 3-guruh oʻquvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda bag‘rikenglik, millatlararo hamjihatlik va o‘zaro hurmatning ahamiyati haqida fikr yuritib, yoshlar uchun ibratli mulohazalar bildirdilar.

Mazkur tadbir bag‘rikenglikni targ‘ib qilish hamda yosh avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.