Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida davlat bayrogʻi qabul qilinganining 33 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi
2024-yil 18-noyabr kuni texnikumda Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirda texnikum rahbariyati, oʻqituvchilar, va talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida davlat bayrogʻining mustaqil Oʻzbekiston timsoli sifatidagi ahamiyati, uning tarixiy va maʼnaviy qiymati haqida soʻz yuritildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar, sheʼrlar va musiqiy sahna koʻrinishlari tadbirga alohida ko‘tarinkilik bagʻishladi.
Texnikum rahbariyatining nutqida davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularning mazmun-mohiyatini anglash va yosh avlodga maʼnaviy tarbiya berishdagi oʻrni alohida taʼkidlandi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar ragʻbatlantirildi.
Mazkur tadbir texnikum jamoasida vatanparvarlik va davlat ramzlariga hurmat tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

