2025-yil 7-yanvar kuni Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumida pedagog hodimlar o‘rtasida sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqalar texnikum jamoasi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va intellektual rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Stol tennisi musobaqasi ishtirokchilarning jismoniy mahoratini sinovdan o‘tkazgan bo‘lsa, shaxmat va shashka intellektual qobiliyatlarini namoyon qilish uchun ajoyib maydon bo‘ldi. Har bir qatnashchi o‘zining strategik fikrlash qobiliyati va g‘alabaga bo‘lgan intilishini ko‘rsatib, jamoaga yuqori ruhiyat bag‘ishladi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar faol ishtiroklari uchun maqtovlarga sazovor bo‘lishdi, g‘oliblar esa maxsus diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi. Ushbu musobaqalar texnikumimizda jismoniy va intellektual faollikni rag‘batlantirishda yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi ma’muriyati


