+998-73-529-58-01, +998-73-529-58-13 info@buvaydatib.uz

2024-yil 24-dekabr kuni Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumida yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir «Yangi yilda yangi orzular» shiori ostida tashkil etilib, bayramona kayfiyat va qiziqarli dasturlarga boy bo‘ldi.

Bayram davomida texnikum talabalari va o‘qituvchilari ishtirokida ko‘ngilochar raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbirning eng yorqin qismi Qorbobo va Qorqiz hamda ertak qahramonlarining chiqishlari bo‘ldi. Ularning qiziqarli sahna chiqishlari va quvnoq tabassumlari barchaning yuzida baxtiyorlik ifodasini uyg‘otdi.

Yangi yilni qarshi olishga bag‘ishlangan ushbu tadbir texnikumimiz jamoasiga iliqlik va birlashish hissini ulashdi. Tadbirda ishtirok etgan har bir kishi yangi yilga katta umid va ezgu orzular bilan kirib borishini bildirar ekan, kelgusi yilda yanada yuksak marralarga erishishni niyat qildi.

Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi ma’muriyati