+998-73-529-58-01, +998-73-529-58-13 info@buvaydatib.uz

2025-yil 20-yanvar kuni Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 1-guruh oʻquvchilari ishtirokida “Milliy urf-odatlarimiz va anʼanalarimizni eʼzozlaymiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz, ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan urf-odat va anʼanalarimizning inson tarbiyasidagi o‘rni, ularni asrab-avaylash hamda yoshlar orasida keng targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi. O‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, anʼanalarimizning jamiyatdagi ahamiyati haqida qiziqarli mulohazalar yuritishdi.
Davra suhbati milliy madaniyatimizga bo‘lgan hurmatni oshirishga, yoshlar ongida qadriyatlarga sadoqat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qildi.