2025-yil 14-yanvar kuni Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi F-62-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilib, texnikum oʻquvchilari tomonidan she’rlar, kuy-qoʻshiqlar va badiiy chiqishlar ijro etildi. Tadbir davomida milliy armiyamizning jasur yigitlari sharaflanib, Vatan himoyachilariga boʻlgan hurmat va ehtirom ifoda etildi.
Bayram tadbiri yoshlarning vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlashga va milliy qadriyatlarga sadoqat hissini oshirishga xizmat qildi.


