+998-73-529-58-01, +998-73-529-58-13 info@buvaydatib.uz

📅 Sana: 2025-yil 22-yanvar
📍 Joy: Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi
👥 Ishtirokchilar: 1-kurs, 1-guruh o‘quvchilari
🎤 Trener: Texnikum psixologi E. Dehqonova

🔹 Texnikumda «Salbiy hissiyotlar» mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida E. Dehqonova inson psixologiyasida salbiy hissiyotlarning roli, ularni boshqarish usullari va stressga chidamlilikni oshirish bo‘yicha ma’lumot berdi.

📌 Treningda quyidagi mavzular yoritildi:
✅ Salbiy hissiyotlarning kelib chiqish sabablari
✅ Ularni nazorat qilish va to‘g‘ri boshqarish usullari
✅ Ruhiy barqarorlikni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar

🗣 O‘quvchilar amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘z tajribalari va fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar. Ushbu seminar yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash va hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutishga yordam berishga qaratildi.