+998-73-529-58-01, +998-73-529-58-13 info@buvaydatib.uz

9-fevral – buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi JSTda «Alisher Navoiy merosi – millatimiz xazinasi» mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda texnikum o‘quvchilari faol ishtirok etib, ulug‘ shoir merosi, uning adabiyotimiz va ma’naviyatimizdagi o‘rni, hikmatli asarlari hamda ta’lim-tarbiyaga qo‘shgan ulkan hissasi haqida fikr yuritishdi. Insholarda Navoiy ijodining bugungi yosh avlodga ta’siri, uning g‘azal va dostonlaridagi teran falsafiy ma’nolar yorqin ifodalandi.

Ushbu tadbir o‘quvchilarning Navoiy ijodiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ulug‘ shoir asarlarini chuqurroq o‘rganishga rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.