🗓 2025-yil 5-fevral kuni Boshqarma boshlig‘i T. Boymatov Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi JST texnikumimiz faoliyati bilan tanishdi.
✅ Tashrif davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Dars jarayoni va o‘qituvchilarning tayyorgarligi
🔹 Talabalar davomatining nazorati
🔹 Obodonlashtirish va “Yashil makon” dasturi doirasidagi ishlar
🔹 Hudud va auditoriyalar tozaligi
🔹 Pedagoglarning formasi va hujjatlar bilan ishlash tartibi
🔍 Texnik xodimlar tomonidan amalga oshirilgan tozalash va obodonlashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirilib, zarur tavsiyalar berildi. Ushbu tashrif texnikumimizdagi o‘quv jarayonini yanada yaxshilash va sharoitlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.


