+998-73-529-58-01, +998-73-529-58-13 info@buvaydatib.uz

Buvayda Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 16-aprelda kuni “Naytingel izdoshlari” deb nomlangan kasbiy ko‘rik tanlov bo’lib o‘tdi. Ko’rik tanlovda “Hamshiralik ishi” yo‘nalishi 12- va 13- guruhlar o‘z aro bellashadilar. Amaliy muolaja, savol-javob shartlarini o’quvchilar texnikumda nazariy va amaliy darslarda olayotgan bilim va ko’nikmalari orqali yoritib berdilar. Ko‘rik tanlovda ikkala jamoa ham juda faol ishtirok etishdi va to‘plangan ballar 12- guruhda yuqori ekanligi uchun ushbu guruh ko‘rik tanlovni 2- bosqichida ham ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritdi.