+998-73-529-58-01, +998-73-529-58-13 info@buvaydatib.uz

Buvayda Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 17-aprel kuni ‘»Hamshiralik ishi» yo‘nalishi 14-guruh va «Feldsherlik» yo‘nalishi 15- guruhlar o’rtasida «Naytingel izdoshlari «deb nomlangan kasbiy ko‘rik tanlov bo’lib o‘tdi. Ko‘rik tanlovda guruhlar juda faol qatnashadilar. Savol javoblarga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rilganligi, ayniqsa 15- guruh erkin mavzu shartiga astoydil, ma’suliyat bilan tayyorgarlik ko‘rganliklari namoyish etilgan sahna ko’rinishidan bilinib turibdi. Ko‘rik tanlovda 15- guruh g’alaba qozondi va tanlovni 2- bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldi.