📅 2025-yil 13-iyun kuni
📍 Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Favqulodda vaziyatlar vazirligining Buvayda tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Tabiiy va texnogik xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish” mavzusida taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotdan maqsad – o‘quvchilar va texnikum xodimlarining favqulodda holatlarda tez, to‘g‘ri va xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni yong‘in, zilzila, texnogik avariya kabi holatlarga tayyorlashdan iborat bo‘ldi.
📌 O‘quv mashg‘ulotlari davomida:
Favqulodda signal berilganda bino ichidan evakuatsiya qilish tartibi amalda ko‘rsatildi;
Xavfsiz hududga yig‘ilish, shaxsiy himoya qoidalari tushuntirildi;
FVV mutaxassislari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar va amaliy mashqlar namoyish etildi.
Tadbirda o‘quvchilar va o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi hamda zaruriy savollariga javob oldilar.
🔎 Bunday mashg‘ulotlar texnikum jamoasining xavfsizlik madaniyatini oshirishda va real vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qila olish malakalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.



