📅 2025-yil 16-iyun kuni
📍 Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi.
“Besh muhim tashabbus”ning sport va jismoniy faollik yo‘nalishi asosida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada texnikumning turli guruhlari o‘rtasida jamoalar shakllantirilib, sog‘lom raqobat asosida bahs olib borildi. O‘quvchilar jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy ruh, tezkorlik va mashaqqatli harakatlar orqali o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.
🎖 G‘olib va faol ishtirokchilar texnikum ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jamoaviylikni rivojlantirish hamda ijobiy muhit yaratishdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.


