2025-yil 13-yanvar kuni Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va yangi Oʻzbekiston” asarining mazmun-mohiyatini oʻrganish maqsadida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda ARM xodimi E. Gʻoipova va psixolog E. Dehqonova ishtirok etib, ushbu asarning mazmun-mohiyati haqida oʻquvchilarga qisqacha tushuncha berishdi. Shuningdek, asarning mazmunan chuqur va yurtimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, talabalarni ushbu kitobni oʻqishga tavsiya etdilar.
Davra suhbati davomida oʻquvchilar oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, asar orqali yurtimizning bugungi rivojlanish bosqichlari, amalga oshirilayotgan islohotlar va yangi Oʻzbekiston qurilishidagi har bir fuqaroning oʻrni haqida muhim tushunchalarga ega boʻldilar.
Ushbu tadbir texnikum talabalari orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga, shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyot yoʻlini chuqur anglashga xizmat qiladi.

