2025-yil 15-yanvar kuni Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchi yoshlar ishtirokida Javlon Javliyevning “Qo‘rqma” asari videolavha orqali oʻrganildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar asarning mazmun-mohiyati bilan tanishib, undagi asosiy g‘oyalar, insonning ichki qo‘rquvlari va ularni yengish yo‘llari haqida fikr almashishdi. Asardan olingan muhim saboqlar yoshlarning motivatsiyasini oshirishga, ularga hayotiy sinovlarga bardoshli bo‘lishda yordam berishga xizmat qildi.
Bunday tadbirlar yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularga yangi bilimlar berishda muhim ahamiyat kasb etadi.


