+998-73-529-58-01, +998-73-529-58-13 info@buvaydatib.uz

📅 2025-yil 4-iyun kuni
📍 Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

👤 Tadbirda Buvayda tumani diniy qo‘mitasi mutaxassisi D.Qo‘ldashyev mehmon sifatida ishtirok etdi va bugungi kun yoshlari uchun muhim bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalar, ekstremizm va jaholatga qarshi kurashning dolzarbligi haqida batafsil ma’lumot berdi.

🗣 Davra suhbati davomida:

Diniy ekstremizm va radikalizmning yoshlar ongiga salbiy ta’siri haqida fikr almashildi;

Yoshlarda sog‘lom dunyoqarash va to‘g‘ri ma’rifiy yondashuvni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi;

O‘quvchilarning savollariga mutaxassis tomonidan asosli javoblar berildi.

🎯 Tadbirning asosiy maqsadi – ma’rifat orqali jaholatning oldini olish, yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish va ularning ongida ijobiy g‘oyalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.