📅 2025-yil 11-iyun kuni
📍 Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi kutubxonasi xodimi tashabbusi bilan texnikum o‘quvchilari ishtirokida taniqli yozuvchi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romaniga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
📚 Suhbat davomida:
Asarning mazmun-mohiyati, obrazlar olami, undagi oila, mehr, sabr, e’tiqod kabi ma’naviy qadriyatlar tahlil qilindi;
O‘quvchilarning asar bo‘yicha fikr va taassurotlari tinglandi;
Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz durdonalarini chuqur o‘rganish zarurligi ta’kidlandi.
🗣 Tadbir ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Asardagi o‘ziga xos hikmatlar, hayotiy saboqlar o‘quvchilar qalbiga chuqur ta’sir qildi.
📌 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytirishda va ularni kitobga oshno etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


