📅 2025-yil 11-iyun kuni
📍 Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida texnikum psixologi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida “Stressni boshqarish: Tinchlik va muvozanat san’ati” mavzusida psixologik trening mashg‘uloti tashkil etildi.
Treningdan maqsad — yoshlar ongida psixologik barqarorlikni shakllantirish, stress holatlarini aniqlash va uni yengish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.
🔹 Mashg‘ulot davomida:
Stressning sabablari va belgilari haqida tushuncha berildi;
Nafas olish texnikalari, vizualizatsiya, ichki muvozanatni saqlash bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi;
O‘quvchilar bilan interaktiv savol-javob, guruhli muhokamalar o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilari treningni foydali, hayotiy va motivatsion ruhda o‘tganini ta’kidlashdi. Trening yakunida o‘quvchilarga kunlik hayotda stressni boshqarish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.


