+998-73-529-58-01, +998-73-529-58-13 info@buvaydatib.uz

Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi jamoasi o’quvchilarni kitobga bo’lgan muhabbatini yanada oshirish hamda qishki ta’tilni maroqli hamda foydali o’tkazish maqsadida tanlov e’lon qilgan edi. Tanlovga Brayan Treysi tomonidan yozilgan »Samaradorlikni 21 yo’li» nomli kitobi qo’yilgan. Tanlov shartida o’quvchilar 21 kun mobaynida kitobni o’qib tugatishi kerak bo’lgan. Shu munosabat bilan 2024 yil 12 .01 kuni texnikumning kutubxona oʻquv zalida pedagoglar va faol kitobxon oʻquvchilar ishtirokida » Kitobxon chellenj» oʻtkazildi. Birinchi, Ikkinchi va uchinchi o’rin sohiblariga eng sara kitoblar to’plami taqdim etildi.