04.09.2024 kuni Buvayda Abu Ali ibn Sino Jamoat salomatligi texnikumida Mustaqilligimizning 33 yilligiga bag’ishlab “Bir bo’lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Bunda texnikum direktori, O’IBDO’, YBDO’, bo’lim boshliqlari, texnikum o’qituvchilari va o’quvchilar ishtirok etishdi. Shuningdek, texnikum direktori barchani Mustaqillik bayrami hamda yangi o’quv yili bilan tabriklab, ishtirokchilarga “Har birimiz mustaqilligimizni qadrlasak, xalqimiz bir tanu bir jondek birlashsa, Dunyoda eng kuchli mintaqalardan biriga aylanamiz. Xalqlarimiz qo‘lni qo‘lga berib birga harakat qilsa, jahon shohsupalarida eng kuchlilar bo‘lamiz!” deya ta’kidlab o’tdi.

