+998-73-529-58-01, +998-73-529-58-13 info@buvaydatib.uz

“O’zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi – xalqimizning buyuk bayrami”

Mustaqilligimizning 34 yilligi keng nishonlandi

Yurtimizda O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni — 34 yilligi keng nishonlandi. Ushbu ulug‘ sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda davlat madhiyasi sadolari ostida bayram dasturi boshlandi.

Tadbir davomida Vatanimiz mustaqilligi yo‘lida erishilgan yutuqlar, xalqimizning tinch va farovon hayoti, hamda yurtimizning dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, badiiy chiqishlar, she’r va qo‘shiqlar, yoshlarning ijodiy sahna ko‘rinishlari bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Ishtirokchilar mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni faxr va g‘urur bilan yodga oldilar.

Tadbir yakunida Vatan ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida barchaga ezgu tilaklar bildirildi.

2 1 1024x768
3 1024x768
4