+998-73-529-58-01, +998-73-529-58-13 info@buvaydatib.uz

Ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlari

Kollejda o‘quv amaliyoti –o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilarning o‘qitish jarayonida olgan bilimlarini mustaxkamlash va chuqurlashtirish, kasbga oid kerakli muolaja va ko‘nikmalarni, amaliy ish tajribasi va mexnat jamoasidagi tashkilotchilik faolligini shakllantirish orqali kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil    13 noyabr  “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limida amaliyotni o‘tkazish tartibi va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari, tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarining o‘quv va o‘quv –amaliyot bazalari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 279 son buyrug‘i ostida ishlab chiqilgan “Tibbiyot o‘rta professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar amaliyotini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etiladi. Ushbu Nizomga ko‘ra kollejda amaldagi o‘quv rejada amaliyot boshlangunga qadar o‘zlashtirgan maxsus fanlar ulushini qamrab olgan xolda amalga oshirilib malakaviy va bitiruv oldi amaliyoti darsdan ajralgan xolda o‘tiladi. Amaliyot davrida o‘quvchilarning xar ish kuni davomiyligi              6 akademik soatini tashkil etadi. Yo‘nalishlar kesimida malakaviy amaliyotlar o‘quv yilining 1- yarim yilligi noyabr dekabr oylarida, 2- yarim yilligi may, iyun oylarida, bitiruv oldi amaliyoti o‘quv yilining 2-yarim yilligi may, iyun oylarida chiqariladi. Kollejda o‘quvchilarning malakaviy va bitiruv oldi amaliyoti ta’lim jarayoning o‘rtacha  15 % qismini tashkil qiladi.

O‘quvchilarning malakaviy va bitiruv oldi amaliyoti ilg‘or zamonaviy jixozlangan (tuman, shaxar, viloyat va respublika), mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tibbiyot va farmatsevtika muassasalari va amaliyot bazalarida ikki tomonlama shartnoma asosida o‘tkazilib amaliyot davrida xar bir tashkil etilayotgan amaliyot guruxi uchun ta’lim muassasalari tomonidan uslubiy, amaliyot bazasi tomonidan umumiy va bevosita raxbarlar ta’lim muassasasi buyrug‘i bilan tayinlanadi  va ular amaliyot davridagi vazifalari bilan yozma ravishda tanishtiriladi xamda amaliyotning kunlik natijalari o‘quvchining kundalik daftariga qayd etib boriladi xamda o‘quvchi amaliy ko‘nikmalarni va kompetensiyalarni ta’lim muassasasi amaliyot raxbariga yoxud amaliyot bazasi tomonidan biriktirilgan raxbarga topshiradi va  barcha ishlarni amaliyot bazasi tomonidan biriktirilgan raxbar bilan birgalikda o‘tkazadi, amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni to‘liq bajaradi, mexnat muxofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganishadi va kat’iy rioya qilib amaliyot bazasining ichki mexnat-tartib qoidalariga bo‘ysunadi.

Amaliyot yakunida o‘quvchi yozma ravishda xisobot tayyorlaydi va uni bevosita amaliyot bazasidan tayinlangan raxbar tomonidan imzolangan kundalik daftari bilan birga ta’lim muassasasi tomonidan tayinlangan uslubiy raxbarga topshiradi. Xisobotda o‘quvchining amaliyot davrida bajargan muayyan ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, amaliyot bazasi bo‘limlarining qisqacha izoxi (bo‘lim, laboratoriya va boshqalar), ular faoliyatining tashkil qilinishi, xayot faoliyatining xavfsizligi to‘g‘risidagi masalalar, o‘quv rejasiga muvofiq semestrlar bo‘yicha o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni to‘liq o‘zlashtirganligi xaqidagi batafsil ma’lumot, amaliyot natijalari bo‘yicha xulosa va takliflarini o‘z ichiga oladi.

Malakaviy va bitiruv oldi amaliyot ximoyasi ta’lim muassasasi buyrug‘i bilan kasbiy ta’lim fanlar kafedralarining tajribali o‘qituvchilari tarkibidan tashkil etilgan xay’at tomonidan o‘tkaziladi ximoya vaqtida o‘quvchining kundaligi va xisoboti taxlil qilinadi va ulardagi xato va kamchiliklar bo‘yicha savol javob qilinib  mazkur ximoyaning ijobiy natijasida o‘quvchilar keyingi semestr yoki kursdan kursga o‘tkaziladi, bitiruv oldi amaliyot natijasiga ko‘ra YAkuniy davlat attestatsiyasiga qatnashishiga ruxsat beriladi. Amaliyot yakuni ta’lim muassasalari  Pedagogik kengashida muxokama qilinib amaliyot natijalariga yakun yasaladi. O‘quvchilarning malakaviy va bitiruv oldi amaliyoti bo‘yicha xisboti  talim muassasasining kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosariga  topshiriladi va 5 yil davomida saqlanadi.

O‘quvchilar avvalgi amaliyotlardan qarzdorligi mavjud bo‘lganda, mexnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalari xaqida kirish instruktajidan o‘tmaganda, tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan va tibbiy daftarcha (ma’lumotnoma)ga ega bo‘lmaganda, amaliyot boshlangunga qadar nazariy yoki o‘quv amaliyotidan akademik qarzdorligi mavjud bulgan xolatlarda amaliyotlarda qatnashishga yo‘l qo‘yilmaydi.