O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.08.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang’ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional taʼlim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi 466-son, 11.11.2020 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining professional taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 715-son qarorlari hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining 28.12.2012 yildagi 508-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, Аdliya vazirligi tomonidan 26.02.2013 yilda 2431-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi” Nizomga muvofiq kasblar bo‘yicha o‘rta professional taʼlim darajali mutaxassis qilib tayyorlash bo’yicha professional taʼlim tizimida o’qitishning byudjet va to’lov kontrakt tizimini tartibga soladi.
2022/2023 o’quv yilida maxsus komissiya tomonidan to’lov kontrakt miqdori sog’liqni saqlash ta’lim yo’nalishida mehnatga xaq to’lashning 5.7 miqdori qilib belgilangan. Talabalikka tavsiya etilgan o’quvchilar uchun kontraktni to’lash muddatlari mos ravishda bir o’quv yilida dastlabki 25% dekabr oyigacha yoki davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha, belgilangan to’lov miqdorining kamida 50% 1 yanvargacha, 75% 1-aprelgacha, 100% 1 iyulgacha taqsimlangan.