+998-73-529-58-01, +998-73-529-58-13 info@buvaydatib.uz

O’quvchilar o’qishini ko’chirish

O‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va uqishdan chetlashtirish

  1. O‘qishni ko‘chirish yoki kayta tiklash qoidaga ko‘ra, yozgi ta’til davrida, tegishli kurs (semestr)da o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.
  2. O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash o‘quvchining (o‘quvchi voyaga etmagan bulsa uning ota-onasidan birining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) arizasi va professional ta’lim muassasasi tomonidan berilgan akademik ma’lumotnoma, o‘quvchining kursdan kursga o‘tganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma, o‘quvchi pasporti nusxasi, voyaga etmagani sababli pasporti bo‘lmaganda tug‘ilganlik tug‘risidagi guvoxnoma hamda ota- onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan pasporti nusxasidan iborat xujjatlar yig‘ma jildi asosida ko‘rib chiqiladi.
  3. O‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda professional ta’lim muassasasi direktori tomonidan ta’lim dasturlaridagi farqlarni yoki karzlarni topshirish tartibi va muddatlari (ikki oydan ortik bulmagan), shuningdek, o‘quvchilarni o‘qitish kursi belgilanadi.
  4. Professional ta’lim muassasasi miqyosida bir darajadagi ta’lim dasturlari buyicha o‘qishni kuchirish yoki ta’lim shaklini o‘zgartirish masalasi mazkur professional ta’lim muassasasi tomonidan kurib chiqiladi.
  5. Fanlardan o‘zlashtirgan birinchi bosqichni tamomlagan professional ta’lim dasturida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘qishini boshqa professioal ta’lim muassalariga ko‘chirish uchun o‘quv yilining oxirida murojaat qilishi mumkin. O‘qishni ko‘chirish Sog‘liqni saqlash vazirligi  tomonidan ko‘rib chikiladi.
  6. Davlat granti asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘qishini kuchirish yoki qayta tiklashda ularga davlat granti asosida ta’limni davom ettirish imkoniyati beriladi.
  7. Urta professional ta’lim dasturlari doirasida o‘qishni boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirish kabul kiluvchi ta’lim muassasasi buysunuvchi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
  8. O‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari buyicha o‘qishni kuchirish kabul kiluvchi ta’lim muassasasi tegishli bulgan oliy ta’lim muassasasining xulosasiga kura tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
  9. O‘rta va O‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari buyicha o‘quvchilar o‘qishi bir ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga kuchirilishi mumkin.
  10. O‘qishni kayta tiklash o‘quvchi ta’lim olgan tegishli professional ta’lim muassasasi tomonidan kurib chikiladi va hal etiladi.

11.O‘quvchi oldin o‘qigan kasb yoki mutaxassislik to‘xtatilgan bo‘lsa, uning hohishiga ko‘ra turdosh kasb yoki mutaxassislikka yoki mazkur ta’lim muassasasida tegishli kasb yoki mutaxassislik bo‘lmasa, uning o‘qishi vazirlik tomonidan boshka ta’lim muassasasiga tiklanishi mumkin.

  1. O‘quv kursini tamomlash yakunlari buyicha o‘quvchini navbatdagi kursga utkazish, takroriy yilga koldirish yoki o‘quvchilar safidan chikarish tugrisida karor kabul kilinadi.
  1. O‘quvchini kursdan-kursga utkazish, kursda koldirish yoki o‘quvchilar safidan chikarish professional ta’lim muassasasining buyrugi bilan amalga oshiriladi. Kursdan-kursga shartli ravishda utkazishga yul kuyilmaydi.
  2. Professional ta’lim dasturlari buyicha akademik karzdorlikka (uzlashtirmaslikka) ega bulgan yoki o‘quv rejasi talablarini bajarmagan (ishlab chikarish yoki diplom oldi amaliyotidan utmagan, kurs ishini topshirmagan, 3 va undan ortik fan buyicha «konikarsiz» yakuniy yillik baxo olgan) o‘quvchilari Pedagogik kengashning karori buyicha tegishli ta’lim dasturida takroran o‘qish uchun kursda koldirilishi mumkin.

Urta va urta maxsus professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilarga uzlashtirilmagan fanlarni kayta topshirishga kushimcha tulovlarni amalga oshirish orkali ruxsat beriladi.

O‘quvchi takroran o‘qish uchun kursda koldirilganda uning o‘qigan o‘quv yili uchun tulagan kontrakt puli kaytarilmaydi va takroran o‘qiyotgan kursi uchun yangidan tulov amalga oshiriladi.

  1. Professional ta’lim muassasasi o‘quvchilari kuyidagi xollarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin:

salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida) akademik ta’til olganda;

o‘qishi boshka ta’lim muassasasiga kuchirilishi munosabati bilan;

doimiy yashash uchun boshka davlatga chikib ketganda;

sudning karori bilan ozodlikdan maxrum etilganda;

urta yoki urta maxsus professional ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar safidan uz xoxishiga kura chikarishni surab ariza bilan murojaat kilganda;

professional ta’lim muassasasining ustavida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;

vafot etganligi sababli;

uzrsiz sabablarga kura 74 soatdan ortik dare koldirganda.

  1. Urta yoki urta maxsus professional ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar kuyidagi sabablarga kura o‘quvchilar safidan chetlashtirilganda professional ta’lim muassasasi tomonidan uning o‘qigan muddati uchun xdkikdtda sarflangan xarajatlar chegirilgan xolda tegishli o‘quv yili yoki semestri uchun oldindan amalga oshirilgan tulovning kolgan kismi kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga kura kaytarib beriladi:

uz xoxishiga binoan;

o‘qishning boshka ta’lim muassasasiga kuchirilishi munosabati bilan;

salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);

o‘quvchi sud tomonidan ozodlikdan maxrum etilganligi munosabati bilan;

vafot etganligi sababli.

  1. Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga akademik ta’til berish tartibi Vazirlik tomonidan Uzbekiston Respublikasi Soglikni saklash vazirligi bilan kelishgan xolda belgilanadi.

Professional ta’lim muassasasi tashabbusi bilan u^uvchilarni kasallik, ta’til, akademik ta’til yoki tugro‘q ta’tillari paytida ta’lim muassasasi o‘quvchilari safidan chikarib yuborishga yul kuyilmaydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020 yil 7 avgustdagiO‘zbekiston Respublikasida uzluqsiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativxuquqiy xujjatlarni tasdiqlash tug‘risidagi 466- sonli qarori