O‘qishdan chetlashtirish tartibi
- O‘quv kursini tamomlash yakunlari buyicha o‘quvchini navbatdagi kursga o‘tkazish, takroriy yilga koldirish yoki o‘quvchilar safidan chiqarish tug‘risida karor kabul kilinadi.
- O‘quvchini kursdan-kursga o‘tkazish, kursda koldirish yoki o‘quvchilar safidan chikarish professional ta’lim muassasasining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Kursdan-kursga shartli ravishda o‘tkazishga yo‘l ko‘yilmaydi.
- Professional ta’lim dasturlari buyicha akademik karzdorlikka (o‘zlashtirmaslikka) ega bo‘lgan yoki o‘quv rejasi talablarini bajarmagan (ishlab chikarish yoki diplom oldi amaliyotidan o‘tmagan, kurs ishini topshirmagan, 3 va undan ortik fan buyicha «qoniqarsiz» yakuniy yillik baho olgan) o‘quvchilari Pedagogik kengashning qarori bo‘yicha tegishli ta’lim dasturida takroran o‘qish uchun kursda qoldirilishi mumkin.
O‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilarga o‘zlashtirilmagan fanlarni kayta topshirishga ko‘shimcha tulovlarni amalga oshirish orqali ruxsat beriladi.
O‘quvchi takroran o‘qish uchun kursda koldirilganda uning o‘qigan o‘quv yili uchun tulagan kontrakt puli qaytarilmaydi va takroran o‘qiyotgan kursi uchun yangidan to‘lov amalga oshiriladi.
- Professional ta’lim muassasasi o‘quvchilari quyidagi hollarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin:
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida) akademik ta’til olganda;
o‘qishi boshka ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
doimiy yashash uchun boshka davlatga chiqib ketganda;
sudning karori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;
o‘rta yoki o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar safidan o‘z hohishiga ko‘ra chiqarishni so‘rab ariza bilan murojaat kilganda;
professional ta’lim muassasasining ustavida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
vafot etganligi sababli;
uzrsiz sabablarga kura 74 soatdan ortik dars koldirganda.
- O‘rta yoki o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar kuyidagi sabablarga ko‘ra o‘quvchilar safidan chetlashtirilganda professional ta’lim muassasasi tomonidan uning o‘qigan muddati uchun xakikatda sarflangan xarajatlar chegirilgan xolda tegishli o‘quv yili yoki semestri uchun oldindan amalga oshirilgan tulovning kolgan kismi kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga kura qaytarib beriladi:
uz xoxishiga binoan;
o‘qishning boshka ta’lim muassasasiga kuchirilishi munosabati bilan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
o‘quvchi sud tomonidan ozodlikdan maxrum etilganligi munosabati bilan;
vafot etganligi sababli.
- Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga akademik ta’til berish tartibi Vazirlik tomonidan Uzbekiston Respublikasi Soglikni saklash vazirligi bilan kelishgan xolda belgilanadi.
Professional ta’lim muassasasi tashabbusi bilan uquvchilarni kasallik, ta’til, akademik ta’til yoki tugruq ta’tillari paytida ta’lim muassasasi o‘quvchilari safidan chikarib yuborishga yul kuyilmaydi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida uzluqsiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ–xuquqiy xujjatlarni tasdiqlash tug‘risida” gi 466- sonli qarori